Flik: Men Baldening klubdan ketishini soʻramaganman
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoa tarkibiga chap qanot himoyachisi Alehandro Balde kiritilmagani bo‘yicha o‘z izohini berdi.
22 yoshli futbolchi «Elche»ga qarshi o‘yinni murabbiy qaroriga ko‘ra o‘tkazib yubordi. Bu haqida Flikning o‘zi ma’lum qilgan edi.
«Men Baldega klubdan ketishni aytganim yo‘q. Unga bir kun dam olish kerakligini aytdim, shundan keyin yana o‘tiramiz-da, suhbatlashamiz», – deya aniqlik kiritdi Flik uchrashuvdan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
«Barselona» ushbu bahsda «Elche»ni yirik hisobda mag‘lub etdi – 5:0. Kataloniyaliklar tarkibida Rafinya Dias va Fermin Lopes ikkitadan gol urdi, yana bir to‘pga Karim Adeyemi mualliflik qildi.
Alehandro Baldega nisbatan jiddiy qiziqish bildirilayotgan klublar orasida «Manchester Yunayted» nomi tilga olinmoqda.

Fikrlar