Merab Dvalishvili: "Pyotr Yan bilan trilogiya men uchun engilroq o‘tadi, boisi..."

  • 22.08.2026 17:08
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Gruziyalik MMA ustasi Merab Dvalishvili Rossiya vakili Pyotr Yanga qarshi trilogiyaning ahamiyatini ancha yuqori baholamoqda.

"Bu bahs men uchun engilroq o‘tishiga ishonaman. Nega? Chunki ayni damda motivatsiyaga to‘laman. Menda ikki karra chempion bo‘lish uchun imkon bor. Agar Yanni mag‘lub etsam, o‘ta engil vaznda UFC tarixidagi eng buyuk jangchiga aylanaman. Agar Pyotr meni yengsa, u tarixga kiradi", - dedi Merab "MMA Fighting" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Dvalishvili va Pyotr Yan 24 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan "UFC 333" turnirida o‘zaro oktagonga ko‘tariladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!