
Messi, senga bunaqa taklifni boshqa hech kim bermaydi!
2023 yilning yozida PSJdan AQShga ko‘chib kelgan Lionel Messining “Inter Mayami” bilan amaldagi shartnomasi shu yilning 31 dekabr kuni yakunlanadi.
Ayni paytda tomonlar hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.
Nufuzli manba – Marca nashri klub taklif qilayotgan shart-sharoitlarga oydinlik kiritdi.
Manbaga ko‘ra, mayamiliklar 38 yoshli futbolchiga 2038 yilning oxirigcha davom etadigan bitim berishni mo‘ljallayapti. Agar Messi 41 yoshdan keyin ham maydonda to‘p tepishni istasa, kelishuv muddatini yana uzaytirish imkoni bo‘ladi.
“Inter Mayami” rahbariyati argentinalik yulduz “istagi va kuchi boricha” jamoada o‘ynashini istayapti. Klub Messiga uzoq muddatli shartnoma berayotgan bo‘lsa-da, futbolchi o‘zi istagan paytda bu hamkorlikni to‘xtatish huquqiga ega bo‘ladi.
Eng muhimi, “Inter Mayami” xo‘jayinlari Messi faoliyatini yakunlaganidan keyin klubdagi lavozimlardan birini egallashini kutyapti. Argentinalik jahon chempioni klub aktsiyalariga ham egalik qilish orqali boshqaruv tizimida biror lavozimni egallash imkoniga ega.
Lionel Messi bu klubga kelganidan beri barcha turnirlarda 69 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 58 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 28 ta golli pas uzatdi.
Fikrlar