Messi «Barsa»da qoladimi?!

  • 12 mart, 2021, 09:10
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Atletiko» (2:0), «Yuventus» (3:0), «Roma» (3:0), «Liverpul» (4:0), «Bavariya» (8:2), endi – 5:2! Ochig‘i, EChL pley-offida omadsiz to‘p surish «Barselona» uchun odat tusiga kirib bo‘ldi. 6 yildan beri «shalpangquloq» uchun kurashda «Barselona»ni «yanchib» tashlashmoqda. Har safar turli bahonalar yangraydi. Bugun ham yangi prezident kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi. Bu kelajakda Messiga joy bormi?

Tecno

 Leo afsona

lpytljptyljtyj

Kataloniya klub Parijdagi o‘yinda ancha tetik ko‘rindi. Vaziyatlar yaratdi, o‘yinni o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi bo‘ldi. Birinchi uchrashuvdan farqli o‘laroq, «Barsa» javob uchrashuvini mazmunli o‘tkazdi. Balki, shu yo‘sinda «Kamp Nou»dagi alamli mag‘lubiyatni yuvmoqchi bo‘lishgandir. Bunisi bizga qorong‘i.

90 daqiqa davomida «Barselona»ning muammolari yaqqol ko‘zga tashlanib qoldi. So‘nggi zarbani berishi kerak bo‘lgan futbolchi yo‘q. Usmon Dembele so‘nggi zarbani berish bobida juda no‘noq ekanligini isbotladi. To‘g‘ri, ikki bor yaxshi pasni ijro etdi, ammo kim hujumni yakunlaydi? Dest nimalardir qilishga urindi, biroq foydasiz. Antuan Grizmann esa, 120 millionning soyasida qolib ketdi. U butun o‘yin davomida ikki bor zarba yo‘lladi. Tayanch zonasidagi Busketsda bunday zarbalar soni 4 ta!

Jamoaviy o‘yin bobida «Barselona»ga hech qanday e’tiroz yo‘q, biroq Luis Suares nega qo‘yib yuborildi? Nega Aguero o‘z vaqtida jamoaga qo‘shib olinmadi? Bu savollar havoda muallaq turib qolishi aniq. So‘nggi zarbani beruvchi futbolchi yo‘qligi bois, hujumlar cho‘zilib ketmoqda. Oqibatda, Leo 37 metr uzoqlikdan darvozani nishonga oldi. Boshqachasiga tarkibdagi yigitlar bilan gol kiritish imkonsiz edi. Messi hali kurashdan chiqmaganini ko‘rsatdi, biroq qolgan daqiqalarda unga hech kim yordam bermadi. Leo bir o‘zi hammani engishi imkonsiz.

Kecha «Barselona»ning nafaqat hujum, balki himoyasi ham pand berdi. Kleman Langlening  ehtiyotsizligi penaltiga sabab bo‘ldi. Oqibatda, ruhan ustunlik Parij klubi tomoniga o‘tib ketdi. Yarim himoyadagilarga ham etarlicha e’tirozlar mavjud. Ular butun o‘yin davomida ochiq zonalar yaratish va pressingda bosh harakat qilishdi.

Tabassum va chalingan qarsaklar

kerokgoekrge

Aslida, Messi yana bitta gol urishi mumkin edi, biroq uchrashuv qahramoni bo‘lish boshqa futbolchiga nasib etgan ekan. PSJ kiperi Keylor Navas 90 daqiqa davomida ishonchli ko‘rindi. Kosta-rikalik posbon o‘yin davomida 9 ta zarbani bartaraf etdi. U Messi ijro etgan penaltini qaytardi, «Barselona»ning standartlarida ishonchli harakat qildi. Umuman olganda, o‘yinning eng yaxshi futbolchisi uchun berilgan sovrinni haqli qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvdan so‘ng, Leoni barcha translyatsiya rejissyorlar ekranga olib chiqishga urindi. U yuzda tabassum bilan muloqot qildi. Di Mariya bilan uzoqroq so‘zlashib qoldi. Keyin, Pochettino bilan ham allanimalarni gaplashib oldi. Ushbu kadrlardan so‘ng, barcha Leoni Parijda kutishayotganini his etdi.

Kataloniyada esa, vaziyat o‘zgardi. Laporta saylovda g‘alaba qozondi. U klubni avvalgi darajasiga qaytarishni va’da berdi. Endi menejment va transfer bozoridagi ishlar yaxshilanishini alohida e’tirof etdi. Qarzlar botqog‘iga botib qolgan jamoa uchun yangi havo juda muhim. Laporta Messisiz hech narsa qila olmasligini yaxshi biladi. U nima qilib bo‘lsada, argentinalikni jamoada olib qolish tarafdori.

Joan «Barselona» a’zolari bir oila ekanligi haqida bot-bot so‘zlamoqda. U shu yo‘sinda, Messini jamoa tarixida abadiy qolishga da’vat etmoqda. Muxlislar ham Messisiz «Barsa»ni tasavvur qila olmaydi. Uning ketishi klub uchun qaqshatqich zarba bo‘ladi. Mayli natijalar oz o‘rniga, biroq Leo bu afsona! Uning jamoada ekanligining o‘ziyoq, Kataloniya klubini boshqalardan ajralib turishiga xizmat qiladi.

zrndeolenoe

Ispan nashrlarining ma’lum qilishicha, Laporta va Messi iliq munosabatda. Prezident allaqachon klub sardori bilan Kumanning iste’fosi haqida fikr almashgan. Ma’lumotlarga qaraganda, gollandiyalik mutaxassisning ketishi haqiqatga yaqin.

Laporta saylovlarda g‘olib chiqqach, ilk bergan intervyusiga yaxshi tayyorlangan ko‘rinadi. Qisqa so‘zlar orasida yangi prezident ko‘plab voqealarga sha’ma qilib o‘tdi. U «Barselona»ni xuddi Messi singari yaxshi ko‘rishini bir necha bor ta’kidladi. Katta ehtimol bilan, bu so‘zlar o‘zini oqlaydi. Messi qolishi aniq, biroq natijalar bu bilan o‘zgarib qolmaydi. Buning uchun tarkibni kuchaytirish lozim. Laportaning avvalgi davrini yodga olsak, Kataloniya klubidan kichik mo‘’jiza kutishdan umid qilish mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!