Messi boshqa jamoada o‘ynashni orzu qilyapti
“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi faoliyatini yakunlagunga qadar boshqa jamoada o‘ynashni orzu qilayotganini bildirdi.
- Men bu jamoada o‘ynashni doim orzu qilganman. Jahon chempioni bo‘lganimdan keyin bu istak yanada kuchaydi. Argentina futbolidan bahra olib, “Nyuells Old Boyz” jamoasida o‘ynamoqchiman. Chunki bolaligimda mana shu jamoa maydonida to‘p tepganman. Bu jamoada o‘ynashni orzu qilaman, - dedi Lionel Messi.
36 yoshli hujumchi professional faoliyati davomida “Barselona” va PSJ sharafini himoya qilgan. Bu yildan e’tiboran, “Inter Mayami”da o‘ynayapti.
Messining amerikaliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha imzolangan. Lionel Messi jahon futbolida eng kzo‘p sovrinni qo‘lga kiritgan o‘yinchi hisoblanadi. U jami 44 ta sovrin sohibiga aylangan.

Fikrlar