Messi dahshatli ko‘rsatkich qayd etdi
“Barselona” jamoasi EChL chorak final javob o‘yinida “Kamp Nou”da “Yuventus” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Dastlabki uchrashuvda turinlilar 3:0 hisobida zafar quchgani tufayli Massimiliano Allegri jamoasi yarim finalga chiqdi, kataloniyaliklar esa musobaqa bilan xayrlashdi.
Mazkur o‘yinda “Barselona” etakchisi Lionel Messi juda yomon natijani qayd etdi. Argentinalik hujumchi “Yuventus” darvozasi tomon 5 ta hujum uyushtirishga erishdi va ularning barchasi samarasiz yakun topdi.
Messi bunday yomon ko‘rsatkichni 2011 yil sentyabrida, Belarusning BATE klubiga qarshi uchrashuvda qayd etgan. Messi BATEga qarshi uchrashuvda olti marta hujumlardan samarasiz fodalangan.



Fikrlar