Messi EChLda hafta futbolchisi deb topildi
Kataloniyaning “Barselona” klubi forvardi Lionel Messi UEFA Chempionlar ligasining joriy hafta bo‘lib o‘tgan 5-turida eng zo‘r futbolchisi deb topildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ta’kidlash lozimki 31 yoshli argentinalik futbolchi PSVga (2:1) qarshi bahsda o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan edi. Messi bu borada Aren Robben ("Bavariya"), Dris Mertens ("Napoli") hamda Maksvell Korne ("Lion") kabi futbolchilarni ortda qoldirishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, Messi bu mavsum EChLda 1- va 2-turlarda ham eng zo‘r futbolchi deb topilgan edi. 3- va 4-turlarni esa jarohati sabab o‘tkazib yuborgan edi.



Fikrlar