
Messi faoliyatini qaerda davom ettiradi?
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi sobiq klubi – “Nyuells Old Boyz”ga qayishi borasidagi savolga javob qaytardi.
“Menda doimo “Nyuells Old Boyz”da o‘ynash istagi bo‘lgan. Men bu haqda yoshlikda o‘ylaganman. Men Argentinada faqat ushbu jamoada to‘p surishim mumkin.
Biroq men yaqin yillarda nimalar bo‘lishini bilmayman. “Nyuells”ga qaytamanmi yoki yo‘q, qaerda o‘ynashimni bilmayman”, – deb uning so‘zlarini keltirib o‘tdi Goal.com nashri.
Eslatib o‘tamiz, Messi 1995-2000 yillarda aynan “Nyuells Old Boyz” akademiyasida to‘p tepgan.
Fikrlar