Messi finaldan keyin Yamal unga nima deganini aytdi

  • 20.07.2026 14:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi final paytida Lamin Yamal bilan bo‘lgan suhbatı haqida gapirib berdi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati  finalida Argentina Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

- Yamal menga nima dedi? U meni bag‘riga bosdi, tasalli berdi, bir necha bor “yiğlamang”, deb iltimos qildi. U juda mehribon yigit, — deya ta’kidladi Lionel Messi.

Jahon chempionatida Messi Argentina tarkibida barcha sakkiz o‘yinda maydonga tushdi, sakkizta gol urdi va to‘rtta golli uzatma amalga oshirdi. 

Final esa ushbu musobaqadagi yagona o‘yin bo‘ldiki, unda Messi gol ham, golli uzatma ham qayd etolmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!