Messi: "Juda qiyin o‘yin bo‘ldi"

  • 8 sentabr, 2023, 07:46
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan Ekvadorga qarshi bahsda 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi. O‘yindagi yagona golni urgan Lionel Messi jurnalistlarning savollariga javob berdi. 

"Biz saralash o‘yinlari oson o‘tmasligini bilamiz. Ekvadorda sifatli futbolchilar bor. Ular nima qilishni bilishadi va jismoniy holatlari ham yaxshi. Juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Ozgina charchadim va o‘zgartirilishimni o‘zim so‘radim. Hozir hammasi joyida. Jahon chempioni bo‘lganimizdan keyin barcha bizni mag‘lub qilishni istaydi", - dedi "Inter Mayami" hujumchisi. 

Ma’lumot uchun, Skaloni shogirdlarini oldinda 2-turdan o‘rin olgan Boliviyaga qarshi uchrashuv kutib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!