Messi Maradonadan ancha o‘zib ketdi
Lionel Messi jahon chempionatlari tarixida golli uzatmalar soni bo‘yicha o‘zining o‘ziga tegishli rekordini yangiladi.
Argentina terma jamoasi yetakchisi 2026 yildgi jahon chempionati yarim finalida ikki bor golli uzatma muallifiga aylandi. Endi uning jahon chempionatlari hisobidagi golli uzatmalari soni 12 taga yetdi.
Shu tariqa Messi ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 8 ta golli uzatmaga ega bo‘lgan vatandoshi Diego Maradonadan ancha uzoqlashdi.
39 yoshli Messi 2023 yildan buyon Shimoliy Amerikadagi yetakchi futbol ligasi — MLSda ishtirok etuvchi "Inter Mayami" klubi sharafini himoya qilmoqda. U Yevropa futbolida "Pari Sen-Jermen" va "Barselona" tarkibida to‘p surgan. "Barselona" bilan birga to‘rt marta Chempionlar ligasida, uch martadan UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
Messi 2022 yildgi jahon chempioni, 2014 yildgi jahon chempionati finalchisi, 2008 yildgi Olimpiada chempioni hisoblanadi. Shuningdek, u 2021 va 2024 yillarda Amerika Kubogini qo‘lga kiritgan. Afsonaviy hujumchi 8 marta "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritgan yagona futbolchi sifatida ham rekordchi hisoblanadi.
Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika hududida o‘tkazilmoqda. Musobaqa 19 iyul kuni Argentina va Ispaniya terma jamoalari ishtirokidagi final bilan nihoyasiga yetadi.

Fikrlar