Messi muxlislarga katta gapirib yubordi

  • 16.07.2026 08:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jahon chempionati finaliga yo‘l olgandan so‘ng muxlislarga murojaat qildi. 

Argentina hal qiluvchi bahs yo‘llanmasini Angliyaga qarshi dramatik o‘yinda qo‘lga kiritdi. Bellashuvda Messi jamoasi hisobda ortda kelayotganiga qaramay, irodali tarzda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

- Bu jamoa birga bo‘lsa, hamma narsani uddalay oladi. Bu futbolchilar bir joyga to‘planganda… bu alohida hodisa. 

Muxlislarga Qatarda aytganimni yana takrorlayman: "Lahzadan zavq oling". Bu jamoa sizlarni hech qachon ranjitmaydi, — deya Messining so‘zlarini jurnalist va insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoq X orqali keltirgan.

Jahon chempionati finalida Argentina Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Angliya esa bronza medallari uchun Frantsiya bilan kuch sinashadi. Ushbu uchrashuvlar 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!