Messi “Oltin to‘p”larni qaerda saqlashini aytdi

  • 23.09.2023 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Lionel Messi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisiga beriladigan nufuzli sovrin – “Oltin to‘p”ni eng ko‘p –etti marotaba qo‘lga kiritgan futbolchi hisoblanadi.

Ayni paytda AQShda “Inter Mayami” jamoasi sharafini himoya qilayotgan argentinalik yulduz bu sovrinlarini qaerda saqlayotganini aytdi.

- Menda nimaiki bo‘lsa, ularning hammasini Barselona shahridagi muzeyimda saqlayman.  “Oltin to‘p”lar, oltin butsalar, futbolkalar va qolgan barcha narsalarning hammasi o‘sha erda saqlanadi, - dedi Lionel Messi.

Lionel Messi faoliyati davomida barcha nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan. U jahon va qit’a chempioni,  Evropa Chempionlar ligasi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, Ispaniya va Frantsiya chempionatlari g‘olibi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!