
Messi PSJda nega 30-raqamda o‘ynaganini aytdi
Futbol muxlislari Lionel Messini 10-raqam ostida to‘p tepishiga ko‘nikib qolgan. Biroq Parijda ikki yo‘l o‘ynagan argentinalik yulduz 30-raqamda maydonga tushdi.
Endilikda “Inter Mayami” futbolchisiga aylangan Lionel Messi Parijda nega 30-raqamni tanlaganini tushuntirib berdi.
- PSJga o‘tgan paytimda 10-raqam band edi. Uni Neymar olgan. Shu bois boshqa – 30-raqamni oldim. Bu raqamning ham men uchun ahamiyati katta . Chunki faoliyatimni aynan mana shu raqamda boshlaganman, - dedi Lionel Messi.
Lionel Messi 2005-2021 yillar davomida “Barselona”da to‘p tepgan. Keyingi ikki yilni u PSJda o‘tkazdi. Hozir “Inter Mayami”da o‘ynayotgan argentinalik yulduz eng ko‘p sovrin yutgan o‘yinchi hisoblanadi.
Messi hozirga qadar 44 ta sovrin sohibiga aylangan. Shuningdek, eng nufuzli individual sovrin – “Oltin to‘p”ni sakkiz marta qo‘lga kiritdi.
Fikrlar