Messi qancha gol urganini bilasizmi?
Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi AQShning “Inter Mayami” jamoasi muxlislariga haqiqiy hujumchi qanday bo‘lishi kerakligini ko‘satib qo‘ydi.
Evropani tark etib, ummonortiga yo‘l olgan 36 yoshli futbolchi “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tganidan beri bir necha musobaqada jami to‘qqizta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qildi.
MLSdagi debyut uchrashuvida “Nyu-York Red Bulls” jamoasi darvozasiga gol urgan Lionel Messi klublar miqyosidagi gollarini sonini 715 taga etkazib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Messi professional faoliyati davomida “Barselona”, PSJ va “Inter Mayami” safida to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Bundan tashqari, Lionel Messi Argentina terma jamoasining eng zo‘r to‘purari hisoblanadi. Jahon chempioni o‘z mamlakati bosh jamoasi uchun 175 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 103 marta aniq nishonga olgan.



Fikrlar