Messi raqibiga qo‘l ko‘tardi. MLS uni chetlashi kerak
«Inter Mayami» sardori Lionel Messi MLS chempioniyati doirasidagi o‘yinda «Filadelfiya Yunion» yarim himoyachisi Quinn Sallivan bilan yuzaga kelgan mojaro uchun jazolanishi mumkin.
Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlangan. Ikkinchi bo‘limda to‘p o‘yindan tashqari bo‘lgan vaziyatda Messi va Sallivan o‘rtasida tortishuv kelib chiqqan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhalarda argentinalik futbolchi raqibini ochiq kaft bilan bosh orqa tomonidan urib yuborgani, shundan so‘ng ikki futbolchi bir-biriga yuzma-yuz kelib, keskin bahslashgani ko‘rinib turadi.
Hakаm o‘yin davomida Messiga nisbatan hech qanday chora ko‘rmagan. Biroq ushbu epizod endilikda MLS intizom qo‘mitasi tomonidan orqaga qaytib ko‘rib chiqilishi mumkin. Qo‘mita videoyazuvni tahlil qilib, «Inter Mayami» hujumchisiga nisbatan rasmiy jazo qo‘llash- qo‘llamaslik yuzasidan qaror qabul qiladi.
Agar Messi aybdor deb topilsa, unga jarima solinishi yoki bir o‘yinga diskvalifikatsiya qo‘llanilishi ehtimoldan xoli emas.

Fikrlar