Messi rasman eng qimmat o‘yinchi bo‘ldi

  • 28 avgust, 2023, 12:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon futbolida Kilian Mbappe, Jud Bellingem, Erling Xoland kabi yangi yulduzlar porlamoqda. Tabiiy ravishda ularning transfer narxi ham muntazam ko‘tarilib boryapti.

Tecno

Yaqin o‘tmishning eng yorqin yulduzlari hisoblangan Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu Evropa maydonlarini  yangi avlod vakillariga bo‘shatib berdi. Hozir yoshi o‘tib qolgan bu futbolchilar yangi yulduzlar bilan raqobatlasha olmaydi.

Shunga qaramay, Lionel Messi AQShga ko‘chib o‘tganidan keyin MLS tarixidagi eng qimmatbaho o‘yinchi sifatida qayd etildi.

Argentinalik yulduzning transfer narxi 35 million evroni tashkeil etmoqda va bu ummonortida eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi.

Manbaning ta’kidlashicha, professional faoliyati davomida AQSh chempionatida Terri Anri, Zlatan Ibrohimovich va Devid Bekxem kabi yulduzlar o‘ynagan. Biroq, ularning hech biri MLSga kelgan vaqtda ularning transfer narxi Messinikichalik qiymatga ega bo‘lmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!