
Messi so‘nggi bahsda nega maydonga tushmadi?
"Inter Mayami" murabbiyi Xaver Maskerano Lionel Messining "Xyuston Dinamo"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaganligi haqida gapirdi.
- Hech bir futbolchi o‘z holatini Messi kabi yaxshi bilmaydi. Olti kun ichida uchta o‘yindan so‘ng, Lionelga dam berish kerak degan xulosaga keldik. Ayniqsa, bir necha soat davom etadigan safar paytida, - deya mutaxassis so‘zlarini keltirdi ESPN.
Eslatib o‘tamiz, "Inter Mayami" safarda 4:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Messi 2023 yilning yozida Florida jamoasi safiga qo‘shilgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati joriy yil oxirida yakunlanadi.
Fikrlar