Messi uni sog‘ingan ekan

  • 18 aprel, 2021, 16:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” etakchisi  Lionel Messi Ispaniya kubogi finalida “Atletik” darvozasiga bir juft gol urib, jamoasining 4:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Tecno

Uchrashuvdan so‘ng, argentinalik futbolchi faoliyatidagi 35-sovrinning ahamiyati haqida gapirdi.

- Sovrinni boshim uzra ko‘tarish yoqimli bo‘ldi. Bu men uchun baxtli kun. Men uchun shu jamoaning sardori bo‘lish juda ahamiyatli. Bu g‘alabamizni muxlislarimiz bilan birga nishonlay olmayotganimizdan afsusdaman. Biz hozir kuchlimiz va kurashga tayyormiz. Lekin, “el-klasiko”ni boy berganimiz baribir achinarli bo‘ldi, - dedi Lionel Messi.

“Barselona” o‘z tarixida 31-marotaba Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi. Bu musobaqaning mutlaq rekordi hisoblanadi. Kataloniyaliklarning finaldagi raqibi “Atletik” bu sovringa 23 marta ega chiqqan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!