Messi va Veratti Parijda nimalar haqida gaplashishdi?

  • 15 mart, 2017, 23:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi etakchisi Lionel Messi va PSJ a’zosi Marko Veratti "Kam Nou"da (6:1) bo‘lib o‘tgan fantastik o‘yindan so‘ng o‘zaro ko‘rishib qolishdi.
Sky Sport muxbiri Alessandro Alsiatoning so‘zlariga ko‘ra argentinalik futbolchi oilasi bilan maroqli dam olish uchun Parijdagi Disneylendga tashrif buyurgan va u erda kutilmaganda Veratti bilan uchrashib qolgan. Har ikkala futbolchi bir necha daqiqa o‘zaro suhbatlashishgan. Shunda ulardan biri ikkinchisidan so‘ragan: "Sen yozda bizga o‘tasanmi?". Ammo, bu so‘zni qaysi futbolchi aytganligi haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, PSJ rahbariyati Messi borasida kataloniyaliklarga ko‘plab takliflar yuborishgan. O‘z navbatida "Barselona" ham Verattining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!