
Messi yana "Inter Mayami"ning joniga oro kirdi
Bundan biroz avval MLS Liga kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan "Dallas" - "Inter Mayami" uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi.
Qiziqarli va murosasiz ruhda kechgan bahsning asosiy bo‘limlari 4:4 hisobida yakunlangach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda esa 3:5 hisobida “Inter Mayami”ning qo‘li baland keldi. Ushbu o‘yinda floridaliklar safida harakat qilgan hujumchi Lionel Messi dubl qayd etdi.
Fikrlar