
Messi zo‘rmi yoki Ronaldu? Kutilmagan javob
“Arsenal” ploeymeykeri Mesut O‘zil bir necha yildan beri futbol cho‘qqisida porlab kelayotgan Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni o‘zaro taqqosladi. Futbol muxlislari O‘zildan ijtimoiy tarmoqlarda bu futbolchilardan qaysi biri kuchli ekanini so‘radi.
- Messi o‘zini Ispaniya chempionatining eng kuchli o‘yinchilaridan biri sifatida ko‘rsata oldi. Ronaldu esa o‘zi o‘ynagan har qaysi mamlakat chempionatida zo‘rligini isbotlamoqda, - deb javob berdi O‘zil.
O‘zilning o‘zi esa yangi jamoa qidirish bilan band. Haftasiga 395 ming evro olayotgan futbolchining “Arsenal” bilan shartnomasi yozda yakunlanadi. “Kanonirlar” safiga 2013 yilda qo‘shilgan germaniyalik yarim himoyachi 2020 yilning mart oyidan beri maydonga tushirilgani yo‘q.
Fikrlar