
Messini Ronalduning yoniga olib kelishadi
Saudiya Arabistonining eng badavlat klublari sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messini o‘z tarkiblariga qo‘shib olish harakatini boshladi.
TEAMtalk nashrining xabar berishicha, Saudiya Arabistoni investitsiya fondi mutasaddilari “Inter Mayami”da o‘ynayotgan argentinalik yulluz bilan muzokaralarni qayti tiklagan.
Agar Messi Saudiya Arabistoni Professional ligasiga ko‘chib o‘tishni ma’qul ko‘rsa, investitsiya fondiga tegishli to‘rt klub – “Al-Ahli”, “Al-Hilol”, “Al-Ittihod” yoki “An-Nasr”ni tanlashi mumkin. Bu masala muzokaralarning keyingi bosqichida muhokama qilinadi.
Ko‘pchilik uzoq yillar davomida bir biri bilan raqobatlashib kelgan Messi va Krishtianu Ronalduni bir jamoa tarkibida ko‘rishni orzu qiladi.
“An-Nasr” portugaliyalik futbolchini yangi shartnomaga ko‘ndirganini inobatga olsak, Messi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga rozilik bersa va “An-Nasr”ni tanlasa, millionlab futbol muxlislarining orzusi amalga oshishi mumkin.
Fikrlar