
Messini tansoqchisiz qoldirishdi...
MLS rahbariyati “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messining tansoqchisi Yassin Cheukoga uchrashuvlar davomida maydonga yugurib chiqishni taqiqladi. Liga bu qarorini stadionlarning har birida qo‘rqlash xizmati faoliyat yuritayotgani va ularga xavfsizlikni ta’minlash uchun qo‘shimcha kuchlar kerak emasligini bilan izohladi.
Ta’kidlash joiki, argentinalik yulduzning tansoqchisi Messi bilan suratga tushish uchun yugurib chiqqan muxlislarni to‘xtatish uchun bir necha bor maydonga kirishiga to‘g‘ri kelgan holatlar kuzatildi.
- Menga maydonga chiqishga ruxsat berishmayapti. Men Evropada etti yil faoliyat yuritdim, Liga 1 va Chempionlar ligasida ishladim. Bu muddat ichida olti kishi maydonga yugurib chiqdi. AQShga kelganimga 20 oy bo‘ldi va maydonga qochib o‘tish holatlari 16 marta yuz berdi.
Bu katta muammo. Men muammo emasman, Leoga yordam berishimga qarshilik qilmang. Men Amerika ligasini yaxshi ko‘raman, biz hamkorlikda ishlashimiz kerak. Yordam berishni yoqtiraman. Men boshqalardan zo‘rman, demayman, lekin Evropada ishlash tajribam bor, - dedi Yassin Cheuko.
Eslatib o‘tamiz, Seuko AQSh armiyasining maxsus qo‘shinlarida xizmat qilgan, Iroq va Afg‘onistonda jangovar tajribaga ega bo‘lgan. Lionel Messi “Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tganidan beri argentinalik yulduzga tansoqchilik qilmoqda.
Fikrlar