
Messining dubli Argentinaga 3 ochko taqdim etdi
Jahon chempionati saralashining 4-turidan o‘rin olgan Peru - Argentina bahsida mehmonlar 0:2 hisobi bilan g‘alaba qozondi.
O‘yinda Messi 32 va 42-daqiqalarda o‘z hisobida gol yozdirib qo‘ydi va jamoasiga 3 ochko taqdim etdi.
Shu tariqa, Skaloni shogirdlari ochkolari sonini 12 taga etkazib olib, peshqadamlikni mustahkamlab qo‘ydi.
Fikrlar