
Messining qiymati yana tushdi
Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt jahon ligalaridagi o‘yinchilarining transfer summalarini yangilab bormoqda.
Nihoyat, navbat “Inter Maymi” yulduzi Lionel Messiga ham etib keldi.
Yangilangan reytingda 37 yoshli futbolchining transfer summasi besh million evroga arzonlab, ayni paytda 20 million evroni tashkil qilmoqda.
Messi 2023 yildan beri “Inter Mayami”da o‘ynab keladi. Hozirga qadar sakkiz karra “oltin to‘p” sohibi mayamiliklar jamoasida 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, 34 ta gol va 19 ta assist muallifi bo‘ldi.
Leoning “Inter Mayami” bilan hamkorlik shartnomasi 2025 yilning 31 dekabriga qadar davom etishi belgilangan. Biroq klub mutasaddilari argentinalik charm to‘p ustasiga hamkorlikni uzaytirishni taklif qilyapti.
Fikrlar