
Meyvezer yoki Krouford? Spens qaysi biri eng yaxshi bokschi ekanini aytdi
Sobiq jahon chempioni Errol Spens Floyd Meyvezerni Terens Krouforddan yaxshiroq bokschi deb hisoblaydi.
"Ular butunlay boshqa-boshqa daraja. Floyd - o‘zgacha jangchi. Ishonchim komilki, u Terens Krouforddan kuchli", - dedi Spens FightHype bilan suhbat.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyul oyida Spens va Terens Krouford yarim o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni kamari uchun jangda ringga ko‘tarilishgan, o‘shanda Terens(40-0, 31 KO) Errol(28-1, 22 KO)ni to‘qqizinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Fikrlar