
"Milan" Donnarummaga ajoyib syurpriz tayyorlamoqda
"Milan" klubining xitoylik rahbarlari jamoaning 17 yoshli darvozaboni Janliuji Donnarummani saqlab qolishmoqchi.
Corriere dello Sport nashri tarqatayotgan xabarga qaraganda, investorlar iqtidorli darvozabonga 2022 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma taklif qilishmoqchi va uning maoshini 2017 yilning 1 iyulidan bonuslarni hisoblamagan taqdirda 5 million evroga qadar oshirmoqchi.
Klub rahbariyati 2017 yilning 25 fevralda futbolchining agenti Mino Rayola bilan bu borada kelishuga imzo chekishni mo‘ljallamoqda. Chunki aynan shu kuni Donnarumma 18 yoshga to‘ladi va 3 yildan ortiq muddatga mo‘ljallangan shartnomalarga imzo chekish huquqiga ega bo‘ladi.
Qayd etish joiz, ushbu shartnoma "Milan"ga 50 million evroga tushishi aytilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Donnarumma joriy mavsumda A seriyada 17 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 20 ta to‘p olib chiqqan.
Fikrlar