«Milan» Rabyo bilan muzokaralarni boshladi
«Milan» rahbariyati yarim himoyachi Adrien Rabyo bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida sport jurnalisti Ekrem Konur xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, tomonlar 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi kelishuv yuzasidan muzokara olib bormoqda. Klub rahbariyati Rabyoni jamoaning uzoq muddatli loyihasida asosiy figura sifatida ko‘rmoqda va shu bois shartnomani yangilash masalasini imkon qadar tezroq hal qilishga intilmoqda. Hozirgi paytda futbolchi maosh sifatida uch yarim million yevro va qo‘shimcha mukofotlar olmoqda.
Joriy mavsumda Rabyo barcha musobaqalarni hisobga olgan holda to‘qqiz o‘yinda maydonga tushdi, to‘rt marta raqib darvozasini ishg‘ol etdi va to‘rtta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar