
Milner APLda Krauchning rekordini yangiladi
"Liverpul" yarim himoyachisi Jeyms Milner Angliya premer-ligasida 158-marta zaxiradan maydonga tushirildi.
35 yoshli angliyalik futbolchi kecha "Vulverxempton"ga (1:0) qarshi o‘yinni ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida maydonga tushirildi.
E’tiborlisi, Milner APL o‘yinlarida zaxiradan maydonga tushish bo‘yicha Piter Krauchning rekordini yangiladi.
Fikrlar