
Mirazizbek Mirzahalilov "Gubernator kubogi" finalida mezbon bokschiga qarshi jang qildi
"Gubernator kubogi"ning final bahslaridan o‘rin olgan uchinchi to‘qnashuv -57 kgda bo‘lib o‘tdi. Ushbu vazn toifasida o‘zbekistonlik jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilov ringga ko‘tarildi. Unga rossiyalik Dmitriy Spivak raqiblik qildi.
Kutilganidek, ushbu to‘qnashuv ham tomoshabop o‘tdi. Yakunda tajriba baribir o‘z so‘zini aytdi va hamyurtimiz g‘alaba qozonish bilan birga turnir g‘olibligini ham qo‘lga kiritdi. Bu Mirzaxalilovning ushbu turnirda qo‘lga kiritgan ikkinchi chempionligi bo‘ldi. Ma’lumki, 2018 yilgi ushbu turnir finalida Mirazizbek Mirzaxalilov hamda yana bir yurtdoshimiz Shahobiddin Zoirov o‘zaro to‘qnash kelgan va unda Mirzaxalilov g‘alaba qozongan edi.
Shahobiddin Zoirov "Gubernator kubogi"da qozog‘istonlik boksiga qarshi jang qildi
Fikrlar