Misr - Urugvay. Prevyu
Bugun JCh-2018ning “A” guruhidan o‘rin olgan ikkinchi bahs bo‘lib o‘tadi. Toshkent vaqti bilan soat 17:00da “Ekaterinburg Arena”da Misr terma jamoasi Urugvayga qarshi maydonga tushadi.
Ushbu bahsni Born Kuypers boshchiligidagi gollandiyalik hakamlar brigadasiga boshqarib boradi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu terma jamoalar tarixda o‘zaro faqat bir marta to‘qnash kelishgan. 2006 yilda bo‘lib o‘tgan ushbu o‘rtoqlik bahsida urugvaylik futbolchilar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan.
Quyida esa bugun asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilayotgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishib olishingiz mumkin.
JCh-2018 “A” guruhi.
Misr – Urugvay
“Ekaterinburg Arena” 17:00
Bosh hakam: Born Kuypers (Gollandiya)
Misr: Al Xaydari, Shafi, Gadr, Xegazi, Fatxi, Xamed, El-Neni, Trezege, Al-Sayed, Saloh, Mosen.
Urugvay: Muslera, Varela, Ximenes, Godin, Kaseres, Bentakur, Nandes, Vesino, Araskaeta, Kavani, Suares.
Eslatib o‘tamiz, kecha guruhning dastlabki juftligida Rossiya Saudiya Arabistoni terma jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etgan edi.



Fikrlar