MMAda yangi liga paydo bo‘ldi

  • 01.09.2024 14:06
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ingushetiya(Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika)da National Fight League (NFL) deb nomlangan MMA bo‘yicha yangi promoushen paydo bo‘ldi.

 Tashkilotning ilk turniri bugun Ingushetiya poytaxti Magas shahrida o‘tkaziladi. Turnirning asosiy voqeasi taniqli jangchi Ali Xeybati va M-1 ligasining sobiq chempioni Xamzat Dolgiev o‘rtasidagi qarama-qarshilikdan iborat bo‘ladi. Hammasi bo‘lib 12 ta jang.

NFL prezidenti va UFC jangchisi Movsar Evloevning birinchi murabbiyi Gilani Kalimatov ham liganing yaqin kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.

“Biz yiliga 3-4 ta turnir o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Dastlabki ikkita turnirni Ingushetiya Respublikasida o‘tkazmoqchimiz. Uchinchi musobaqadan boshlab, Rossiyaning yirik shaharlaridan birida tashkil etish, keyin esa MDH mamlakatlariga yoyish rejasi bor.  Bizning rejamiz nafaqat Ingushetiya Respublikasida, balki uning chegaralaridan tashqarida ham sportchi, sog‘lom yoshlarni tarbiyalashdir”, — deya Giloniy so‘zlaridan iqtibos keltirdi promoushen matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!