Modrich: "Real"ga qaytishni xohlayman
«Milan» yarimhimoyachisi Luka Modrich professional karerasini yakunlagach, Madriddning «Real» klubiga qaytish niyati borligini ma’lum qildi.
Xorvat futbolchisining «rossoneri» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Kelasi hafta, 9 sentabr kuni Modrich 41 yoshni qarshi oladi.
- «Real» – mening uyim, u yerga qaytgim keladi. Men har doim madridist bo‘lib qolaman.
«Real» – dunyodagi eng buyuk klub.
Madrid menga hamma narsani berdi. Qaytib borib, foydam tegishini, yordam berishni istayman. Men «Real» klubida ishlashni emas, «Real» uchun ishlashni xohlayman, deb aytgan edi Xose Mourinyo, – deya Modrich so‘zlarini keltiradi Marca nashri.
Luka Modrich 2012 yildan 2025 yilgacha Madriddning «Real» jamoasi sharafini himoya qilgan.

Fikrlar