
Modrichga zo‘r klub chiqdi
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin “Real”ni butkul tark etadigan Luka Modrich faoliyatini davom ettirishga qaror qildi.
39 yoshli pleymeyker 2026 yilgi jahon chempionatida Xorvatiya terma jamoasi sharafini himoya qilishni rejalashtirib qo‘ygan.
Ispaniya matbuoti tajribali o‘yinchi Madriddan ko‘chib niyati yo‘qligini va yangi ish joyi sifatida poytaxtda joylashgan “Xetafe” va “Rayo Valekano”ni tanlashi mumkinligini yozmoqda.
Biroq yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyaning eng qudratli klublaridan biri “Inter” xorvatiyalik futbolchiga ish berishga tayyor. Biroq milanliklar bu masalani Evropa Chempionlar ligasi finalidan keyin hal qilmoqchi.
“Inter” 31 may kuni Myunxen shahrida “Pari Sen-Jermen”ga qarshi qit’aning eng nufuzli turnirida final uchrashuvini o‘tkazadi.
Luka Modrichga 2026 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan ummonorti klublaridan ham chorlov bo‘lyapti. Manbaga ko‘ra, tajribali yarim himoyachining o‘zi kelajagini klublar o‘rtasidagi jahon chempionatdan keyin hal qilmoqchi.
Fikrlar