Monika Pyuig AQShda javlon urmoqda

Puertorikolik Monika Pyuig AQShning Vashington shahrida o‘tayotgan musobaqaning ikkinchi davrasiga muvaffaqiyatli o‘tib oldi.

Turnirning birinchi davrasida Monika amerikalik raqibi Aleksandra Kiikka qarshi kortga chiqib, 6:4, 6:2 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa "Citi Open"ning chorak finali uchun o‘tadigan o‘yinda Pyuig rossiyalik Anna Kalinskaya bilan kuch chinashadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!