Mourin'yo jiddiy boshqotirmaga duch keldi
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourin'yu 2026/2027 yilgi mavsum oldidan jiddiy taktik boshqotirmaga duch keldi.
Ispaniya nashri Marca xabar berishicha, mutaxassis jamoa asosiy tarkibida bir vaqtning o‘zida ham Jud Bellingham, ham Arda Gyulerga joy topish yo‘lini izlamoqda. Muammo shundaki, har ikki futbolchining eng kuchli o‘ynaydigan nuqtasi bir xil — hujumkor yarim himoyachi, ya’ni «o‘nlik» pozitsiyasi.
Hozircha yarim himoya chizig‘idagi ierarxiyada Bellingem Ardadan yuqori turibdi. Shu bilan birga, Gyuler yozgi mavsumoldi yig‘inlarida o‘ta ishonarli o‘yin namoyish etdi. Turkiyalik futbolchi «o‘nlik» pozitsiyasini juda yaxshi his qiladi va Kilian Mbappe bilan o‘zaro tushunuvi Bellinghamga nisbatan yaxshiroq ekani qayd etilmoqda.
Ispaniya chempionati birinchi turida «Real» safarda «Espan’ol»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv shanba kuni, 22 avgust sanasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar