Mourin'yo "Real"da revolyutsiya qiladimi?
«Real» jamoasining yangi bosh murabbiyi Joze Mourin'yu tarkibni tubdan yangilash masalasida oʻz pozitsiyasini aniq bayon qildi. Portugaliyalik mutaxassis jamoada keskin inqilob yoki ommaviy "tozalash" oʻtkazish niyatida emas.
Mourin'yu «Qirollik klubi»dagi faoliyatini qattiq va radikal qarorlardan boshlashni istamaydi. U futbolchilarga nisbatan keskin munosabatda boʻlishdan yiroq.
Aksincha, jamoani oʻz atrofiga birlashtirish, mavjud tarkib salohiyatini yanada ochish va har bir oʻyinchidan maksimal foydalanishni maqsad qilgan.
Eslatib oʻtamiz, Mourin'yu bu yozda «Real»ni qabul qilib oldi. Undan oldin murabbiylik faoliyatini «Benfika» klubida davom ettirgan edi.

Fikrlar