Mourin'yo "Real" ichidagi xoinni qidiryapti

  • 22.08.2026 15:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa ichidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalariga qaerdan chiqib ketayotganini aniqlash uchun g‘ayrioddiy usulni qo‘lladi. 

La Liganing yangi mavsumida «Espan’ol»ga qarshi debut uchrashuvi oldidan u tarkibni matbuotga oshkor etmaslikka qaror qildi.

«Futbolchilarim allaqachon maydonga kim tushishini bilishadi. Endi esa ko‘raylik, orangizda kimning klub ichidagi manbalari kuchliroq», — dedi Mourinyo o‘yin oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, La Liganing 1-turida «Espan’ol» o‘z maydonida «Levante»ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Endi esa kataloniyaliklar 22 avgust kuni Madridda «Real» mehmoni bo‘lishadi. 

18 avgust kuni Joze Mourinyu rasmiy madriddliklar bosh murabbiyi sifatida taqdim etilgandi. Uning «Real» bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!