Mourino Muhammad Salohni “dabdala” qilgandi

  • 3 noyabr, 2023, 11:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”ning sobiq futbolchisi Jon Obi Mikel bugungi kunda Angliya Premer-ligasi yulduzlariga aylangan Muhammad Saloh va Kevin de Bryuyne nega “aristokratlar” safida o‘zini ko‘rsata olmaganini aytib berdi.

- Muhammad Saloh va Kevin de Bryuyne jamoani Joze Mourino boshqarayotgan davrda portugaliyalik murabbiyga duch kelib qolgani ularning omadsiziligi edi. O‘sha paytda o‘z ishini uddalay olmagan futbolchi borki, kim bo‘lishidan qat’i nazar, Mourinodan qattiq tanqid eshitardi.

Bir marta Mourino tanaffus paytida Salohni yig‘latgan. Biz bosh murabbiy ikkinchi bo‘limda unga yana imkon beradi, deb o‘ylagandik. Lekin Joze hammani oldida Salohni dabdalasini chiqardi va darrov uni alishtirib yubordi.   O‘shanda Mourinoning ish uslubi shunaqa edi.

Menimcha, hozirgi payt bo‘lganida Mourino unaqa qilmasdi. Chunki yoshiga yosh qo‘shildi, tajribasi ortdi va yosh futbolchilar bilan qanday muomala qilishni yaxshi biladi, - dedi Jon Obi Mikel.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Абдурахмон лидер
03/11/2023 14:42
Шомуродов хам шунга дуч келди