Mourino va Konte "Yuventus" yulduzini talashmoqda

  • 24 mart, 2017, 18:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno
 

Yozgi transferlar mavsumi yaqinlashgan sari grand klublarning yangi o‘yinchilarni olib kelish harakatlari ham ancha jadallashib qoldi. Ayniqsa, Angliya premer-ligasining grand klublari amalga oshirishga harakat qilayotgan transferlar ko‘plab muxlisu mutaaxssislar e’tiborida turibdi.

Angliya chempionati peshqadami "Chelsi" va unga raqobat qila olmayo qolgan "Manchester Yunayted" murabbiylari "Yuventus"da porlagan futbolchsi Klaudio Markizioni talashmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, "Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte sobiq shogirdiga telefon qilib, rejasini aytgan. Joze Mourino ham hamkasbidan qolishmoqchi emas.

Klaudio Markizio etti yildan buyon "Yuventus"da to‘p surmoqda. Shu kungacha Turin klubi uchun 358 ta o‘yin o‘tkazgan yarim himoyachi hamon jamoaning eng kerakli futbolchilaridan hisoblanadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!