
Mozes 3 haftaga safdan chiqdi
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Viktor Mozes mushaklari bilan bog‘liq jarohati sabab kamida 3 hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Daily Star nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlash kerakki Mozes Angliya kubogi chorak finalida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda jarohat olgan va zahiraga olingan edi.
Mozes premer-liganing yaqinlashib kelayotgan "Stok Siti"ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi. Nigeriyalik futbolchining tarkibdagi o‘rnini Kurt Zuma yoki Pedro Rodriges to‘ldirishi mumkin.
Viktorning FIFA kunlari yakuniga qadar, aniqrog‘i premer-liganing "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yiniga qadar safga qaytishi kutilmoqda.
Fikrlar