Mudrikka ispan klubidan qiziqish bor
Ukraina terma jamoasi va "Chelsi" futbolchisi Mixail Mudrik agar doping-test natijasi tufayli uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinmasa, faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
"Sport.es" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Mudrikning xizmatlariga "Sevilya" qiziqish bildirmoqda. Andalusiyaliklar ukrainalik futbolchini ijara asosida qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. O‘yinchining o‘zi ham bu variantga ijobiy qaramoqda.
Mixail 2023 yil yanvar oyida Londonning top-klubiga qo‘shilgan. U "ko‘klar" bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2031 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi. Futbolchining bozor qiymati 30 million evroga baholanmoqda.



Fikrlar