
Muhammad Mokaev kaltaklandi !!!
UFC ning super engil vazn toifasidagi Buyuk Britaniyalik jangchisi Muhammad Mokaevga bo‘lajak raqibi portugaliyalik Manel Kapa hujum qildi. Bu haqida yarim engil vazn toifasidagi jangchi, braziliyalik Jen Silva ma’lum qildi.
"Manel Kape biroz oldin shu erda edi va u sport zalining tashqarisida Mokaevni tirsagi bilan urib, boshini yorib yubordi. Bu voqea UFC shtab-kvartirasining shundoqqina oldida sodir bo‘ldi. Kape haqiqiy psixopat ekan. Janjal joyida ruslar ham bor edi, lekin ular Mokaevga yordam berishmadi. Ular Muhammadning kaltaklanishini shunchaki, tomosha qilishdi”, — deya Silva so‘zlarini keltirgan MMA Fighting.
Eslatib o‘tamiz, Mokaev(12-0-1 N/C) va Kape(19-6) 18 avgust kuni Manchesterdagi "UFC 305" turnirida jang o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Fikrlar