Muҳammad Saloҳga Evropadan ish chiqdi
“Liverpul”ni tark etgan misrlik yulduz Muhammad Saloҳ Turkiya Superligasida faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Bu haqida insayder Kaya Temel xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, erkin agent maqomini olgan 34 yoshli to‘purarni Istanbulning “Beshiktoш” klubi o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Ayni paytda Saloҳning agenti Turkiya poytaxtida bo‘lib, ehtimoliy transfer bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Saloҳ 2025/2026 yildgi mavsumi yakunlangandan keyin “Liverpul”ni tark etgan edi. O‘tgan mavsumda u mersisaydliklar safida 41 ta uchrashuvda qatnashib, 12 ta gol va 10 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Transfermarkt uning bozor qiymatini 22 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar