
Muhammad Salohni to‘xtatib bo‘lmayapti
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida “Liverpul” o‘z maydonida “Aston Villa” ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mezbonlar etakchisi Muhammad Saloh jamoasining uchinchi to‘piga mualliflik qildi. Bu orqali misrlik futbolchi Angliya Premer-ligasida qatorasiga o‘nta uchrashuvdan beri samarali harakatlarini davom ettirdi.
Statistika yurituvchi Opta nashri Muhammad Saloh shaxsiy rekordini yanglashi mumkinligi haqida yozmoqda.
Afrikalik to‘purar 2021 yilning avgustidan dekabrigacha ketma-ket 15 ta o‘yinda gol yoki assist muallifi bo‘lgan edi.
Fikrlar