Muhriddin Tilovov chorak final ostonasida

CHERY AUTO

Ozarbayjon poytaxtida dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi yirik musobaqaning birinchi kun bellashuvlari davom etmoqda. Biroz ayni paytga kelib barcha vazn toifasida ikkinchi davra bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Tecno

Biroz avval ushbu bosqich doirasida hamyurtimiz Muhriddin Tilovov (-66 kg) belgiyalik Kennet van Gansbeke bilan bellashdi. Qo‘shimcha vaqtgacha cho‘zilgan bellashuv Tilovovning g‘alabasi bilan yakunlandi va dzyudochimiz uchinchi davraga yo‘l oldi. 

Uning bu bosqichdagi raqibi isroillik Barux Shmailov bo‘ladi. Yurtdoshimiz bu raqibining ham to‘sig‘idan o‘ta olsa, chorak final ishtirokchisiga aylanadi. Eslatib o‘tamiz, Tilovov dastlabki bosqichda qatarlik Ayyub Al Adrissini musobaqadan chiqarib yuborgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!