
Murabbiyimizni qaytaringlar!
“Tottenxem” futbolchilari klub rahbariyatidan avvalgi bosh murabbiy Maurisio Pochettinoni qaytarishni so‘ramoqda.
Sky Sports nashrining xabar berishicha, o‘yinchilar klub rahbariyati hozirgi bosh murabbiy Antonio Konte bilan kelishuvni uzaytirmasligiga ishonyapti. Jamoaning etakchi vakillari Maurisio Pochettinoning hujumkor o‘yin uslubini sog‘inganini ta’kidlamoqda.
Bundan tashqari, argentinalik mutaxassisning futbolchilarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishi ham unga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirmoqda.
Bir guruh futbolchilar va klub xodimlari rahbariyatga murojaat qilib, imkon tug‘ilishi bilan Pochettinoni qaytarishni so‘ragan.
50 yoshli murabbiy “Tottenxem”dan keyin PSJni boshqardi. Biroq 2022 yilning yozida Parij klubi ham uning xizmatlaridan voz kechdi. Pochettino hozir ishsiz yuribdi.
Fikrlar