MYuga ham Ramos kerak emas
“Manchester Yunayted” rahbariyati “Real” bilan kelisha olmayotgan Serxio Ramosni taklif qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Biroq, jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, “Manchester Yunayted” ispan himoyachisi transferini amalga oshirmaydi. Klub borada ish boshlagani yo‘q.
“Real”ning haqiqiy etakchisiga aylangan Ramosning shartnomasi yozda yakunlanadi. U klub uchun bir necha yildan beri muvaffaqiyatli xizmat qilib kelayotganiga qaramay, “Qirollik klubi” xo‘jayinlari yangi shartnomada futbolchining talablarini inobatga olmayapti.
Ramos joriy mavsumda 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi



Fikrlar