Nafsini tiymagan yulduz jamoadan chetlatildi
Transfer huquqi “Tottenxem”ga tegishli bo‘lgan Tangi Ndombele mavsumni ijara asosida “Galatasaroy”da o‘tkazmoqda.
Biroq yangi ish joyida ham futbolchi muammoga duch keldi. Evropa Chempionlar ligasi doirasida “Bavariya”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin Ndombele mehmonxonada yarim kechasi gamburger, kartoshka va kola buyurtma qildi.
Bundan xabar topgan bosh murabbiy Okan Buruk Tangini keskin tanqid qilib, etarli darajada vazn tashlamagunga qadar jamoaga yaqinlashmasligini uqtirdi.
Frantsiyalik futbolchi ortiqcha vaznga ega. “Galatasaroy” oshpazlari bazada unga semirtirmaydigan maxsus taomlar tayyorlab berishi yo‘lga qo‘yilgan. Biroq Ndombele uyga qaytgan payt ko‘ngli tusagan har qanday taomni paqqos tushiryapti.
Fikrlar